Huawei 1
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi gavjum metro bekati yonidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, eski bekat o‘rnida yangi, zamonaviy avtobekat qurilishi boshlandi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekat yonida aqlli svetofor o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Avtobekatning ikkinchi qavatida kafe joylashgan terassa bo‘ladi. Bekat ichidagi ochiq hovliga esa daraxt ekish rejalashtirilgan.

Hokimlik loyiha boshlanishi haqida oldindan xabar berolmagani uchun qurilishga mas’ul tashkilotlar aholidan uzr so‘ragaganini bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты