Huawei 1
Chirchiqda sobiq texnikum buzilib, o‘rniga Xitoy oliygohining filiali ochiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sobiq texnikum binosi”ning buzilayotganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahri Zakovat ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Sobiq texnikum binosi” ancha yillardan beri foydalanilmasdan qarovsiz holatga kelib qolgan. Ushbu “Sobiq texnikum binosi” obyekti o‘rnida O‘zbekiston prezidentining qarorlariga asosan Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Qarorga asosan Xitoy Xalq Respublikasining “Soniya Group Limited”kompaniyasi ta’sischiligida “Chirchiq Innovatsiya Gimnaziyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan. Jamiyat tomonidan “Zamonaviy gimnaziya tashkil etish” loyihasiga 15 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilinishi, 100 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratalishi va 500 nafar Chirchiq shahri istiqomat qiluvchi oilalar farzandlarining sifatli ta’lim olinishi rejalashtirilgan.

Mazkur “Sobiq texnikum binosi” avariya holatiga kelib qolganligi sababli “Chirchiq Innovatsiya Gimnaziyasi” MCHJning murojaatiga asosan Toshkent viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bino-inshootlari vizual ko‘rikdan o‘tkazilib, 2025-yil 16-yanvardagi 01/123-sonli xat orqali binoni buzilishi yuzasidan xulosa berilgan.

Shuningdek, “Sobiq texnikum binosi" Vazirlar Mahkamasinining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 846-son qaroriga asosan madaniy meros ob’yektlari milliy ro‘yxatga kiritilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31206 | Инструменты