Huawei 1
Chorsu bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 28-iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan "Chorsu" bozor hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan. Yong‘in soat 02:47da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqudodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.

Hodisa joyida Favqudodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63019 | Инструменты