“Chorsu” bozoridagi yong‘indan zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Joriy yilning 28-iyun kuniga o‘tar kechasi Chorsu bozorining Beruniy va Saqichmon ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan do‘konlari va omborlarida yong‘in sodir bo‘lgandi. Poytaxt hokimligi yong‘indan zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzilganini e’lon qildi.

Ayni vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlamoqda, shuningdek, yetkazilgan zarar miqdorini baholamoqda.

Shahar va tuman hokimliklari vakillari yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishchi guruh zarar ko‘rgan maydonlarni taʼmirlash, tiklash va ishga tushirish masalalarini samarali va tezkor hal etish maqsadida tuzildi. 

Tez orada barcha binolar ta’mirlanib, ularda yanada yaxshi ish sharoitlari yaratiladi. Ishlar yakuniga qadar esa hozirda tadbirkorlar faoliyatini davom ettirishlari uchun boshqa binolar ajratilgan.

Yong‘in bozorning umumiy faoliyatiga ta’sir qilmay, u odatiy tarzda ishini davom ettirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70103 | Инструменты