Avvalroq, "Chorvoq suv ombori" da 19 yoshli yigit suv-transport hodisasini sodir etganligi va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingan edi.
Maʼlum qilinishicha,“Yamaha” rusumli gidroskuterni 2005 yilda tug‘ilgan Q.F. boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida, suv havzasida suzib yurgan 1980 yilda tug‘ilgan Sh.R.ga tegishli bo‘lgan “Katamaran”ga borib to‘qnashgan.
Oqibatda “Katamaron” suv-transport vositasi yo‘lovchilari 1996 yilda tug‘ilgan S.A. va 1998 yilda tug‘ilgan J.A.lar voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, U.Z. daryo-transport hodisasi natijasida sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Q.F.ga nisbatan JKning 260-moddasi (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Sud ishi JIB Bo‘stonliq tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi K.F.JKning 260-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikda mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122214 | Инструменты