Huawei 1
Chorvoqdagi ziyoratgoh joylashgan qishloq chiqindixonaga aylanayotgani aytildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ziyoratgoh joylashgan qishloq chiqindixonaga aylanayotgani aytildi. Madaniy meros agentligi holat yuzasidan maʼlumot berdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Shayx Umar Vali Bog‘istoniy ziyoratgohi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori bilan muhofazaga olingan.

Ziyoratgoh joylashgan hududda hozirgi vaqtda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashrif buyuruvchilar uchun chiqindilar tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilgan hamda biriktirilgan xodimlar tomonidan muntazam ravishda nazorat olib borilmoqda.

Viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qadimiy obida ko‘zdan kechirilganida mehmonlar uchun oshxona, tahoratxona va yuvinish xonalari doimiy ozoda saqlab kelinayotgani maʼlum bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, Bo‘stonliq tumanining “Bog‘iston” mahallasida joylashgan Shayx Umar Vali Bog‘istoniy yodgorligi VII-XV asrlarga oid ziyoratgoh hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21505 | Инструменты