O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi FIDE tomonidan “Eng yaxshi federatsiya” sifatida baholandi

O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi FIDE Excellence Awards 2026 xalqaro mukofotining “Best Federation” (“Eng yaxshi federatsiya”) nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Mazkur nufuzli mukofot O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish, sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, yosh avlod o‘rtasida shaxmatni ommalashtirish hamda mamlakatning xalqaro shaxmat maydonidagi mavqeini mustahkamlash borasidagi faoliyatning xalqaro miqyosdagi e’tirofidir.

O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasining ushbu yutug‘i o'zbek shaxmat maktabining izchil rivojlanib borayotganini, sportchilarimizning xalqaro arenadagi natijalari va federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning munosib baholanganini ko‘rsatadi.

FIDE Excellence Awards 2026 doirasida jami to‘qqiz nafar laureat shaxmat olamidagi alohida yutuqlari uchun taqdirlandi. “Eng yaxshi erkak shaxmatchi” va “Eng yaxshi ayol shaxmatchi” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlar esa 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasining yopilish marosimida topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92712 | Инструменты