Namanganda 15 ta jinoyat fosh etilib, 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi, bedarak yo‘qolgan 2 shaxs topildi

Namangan viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Natijada 103 nafar shaxs noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelayotgani aniqlangan. Ularning 37 nafarining xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi, 66 nafarida esa ma‘muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tadbirlar davomida 35 ta sovuq qurol aniqlangan. Shuningdek, giyohvandlik vositalarini saqlash, sotish va yetishtirish bilan bog‘liq 19 ta holat qayd etilib, 400 grammdan ortiq giyohvandlik moddasi hamda 11 tup giyohvandlik o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bundan tashqari, 4 ta o‘qotar va 2 ta pnevmatik qurol, noqonuniy valyuta saqlash bilan bog‘liq bir holat, noqonuniy diniy ta‘lim hamda diniy mazmundagi materiallarni tarqatish bilan bog‘liq uchta holat aniqlangan.

Tezkor tadbirlar natijasida avval ochilmay qolgan 15 ta jinoyat ham fosh etilgan. Qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlanib, bedarak yo‘qolgan 2 nafar shaxs topilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92616 | Инструменты