Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi, ba'zi viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari respublikaning katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Shanba kuni Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, yakshanba kuni respublika shimoliy hududlarining ayrim joylarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati dam olish kunlari kechalari +9…+14 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari esa asta-sekin +20…+25 darajagacha ko‘tariladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 21-noyabrda respublikaning ayrim tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +11…+13 daraja, kunduz kunlari +20…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112015 | Инструменты