"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 14-16-mart kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 14-16 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, janubda va cho’l hududlarda 25 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты