Huawei 1
Dam olish uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko'rib chiqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi

Qonun loyihasida davlat mulki hisoblangan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek bu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanmoqda.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, ularda deputatlar bergan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, asosli deb topilganlari loyiha matnida aks etgani va hujjat har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilgan holda, maromiga yetkazilgani qayd etildi.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilishini “yashil”, ko‘kalamzor zonalarni muhofaza qilish, aholining madaniy hordiq chiqarish maskanlari muhofazasini kuchaytirish, ekologiya va atrof-muhitni yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10911 | Инструменты