Huawei 1
Dauletmurat Tajimuratov fuqarolarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ozodligini so‘rab miting o‘tkazishga da’vat qilgan — Bosh prokuratura

Bugun, 4-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura bo‘lim prokurori Abror Mamatov Nukusda voqealar qanday ro‘y berganini ochiqladi.

Ma'lum qilinishicha, 1-iyul kuni soat 14:50 da "El xizmetinde" gazetasi muharriri va bloger Dauletmurat Tajimuratov Telegram ijtimoiy tarmog‘ining «Makan.uz» kanali orqali videomurojaat yo‘llab, unda fuqarolarni 5-iyul kuni soat 17:00 da "Qoraqalpog‘iston Respublikasining ozodligini so‘rab" Jo‘qorg‘i Kenges binosi oldida miting o‘tkazishga da’vat qilgan.

Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali qonunga xilof ravishda miting uyushtirishga fuqarolarni da’vat qilgani uchun 1-iyul kuni soat 15:30 da Dauletmurat Tajimuratov Nukus shahar Ichki ishlar organlari FMBga olib kelingan va ushlangan. 

Blogerning IIB xodimlari tomonidan ushlaganini bilgan bir guruh shaxslar tartibsizliklar uyushtirib, uni ozod qilishni talab qilib, Nukus shahridagi IIVga qarashli 2-sonli tergov hibsxonasiga va Nukus shahar IIO FMBga borgan.

So'ng 1-iyul kuni soat 17:30 da Nukus shahri markazidagi ‘Markaziy dehqon bozori’ MCHJ oldidagi avtomobil yo‘lida tartibsizliklar uyushtirishgan. Shundan keyin Dauletmurat Tajimuratov Nukus shahar IIO va FMBdan ozod qilinib, chiqarib yuborilgan bo‘lsa-da, u va uning tarafdorlari tartibsizliklarni yana davom ettirib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga va hokimiyatni bosib olishga ochiqdan-ochiq da’vat qilishgan.

Abror Mamatovning so'zlariga ko'ra, hozirda tergov va tezkor - qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari qonunlarga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazilib, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini  ta’minlashning  barcha  choralari ko‘riladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga