Huawei 1
Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi

“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

- davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkazish;

- “Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;

- davlat bog‘larida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.

Shuningdek, Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Qaror bilan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini taʼminlash maqsadida 2025 yil 1 iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.

2025 yil 1 iyulgacha sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bog‘chalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11115 | Инструменты