Huawei 1
Davlat organi va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 103 ta davlat tashkilotining (jumladan, 14 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

- 41 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
- 53 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
- 9 tasi “qoniqarsiz” – (55 balldan past).

Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkiloti tomonidan o‘rtacha 68,9 ball), 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkiloti tomonidan 59,5 ball) oshgan.

Shuningdek, ijobiy natijani qayd etgan davlat tashkilotlarida o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.

2023-yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan 13 ta davlat tashkiloti faoliyatida o‘sish kuzatildi.

O'tgan yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan va bu yilgi faoliyatida o‘sish kuzatilgan davlat tashkilotlari:

- Yoshlar ishlari agentligi – 85 ball (2023- yilda – 10 ball);

- “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ – 83 ball (28 ball);

- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 82 ball (50 ball);

- Madaniy meros agentligi – 82 ball (22 ball) ;

- Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – 78 ball (5 ball);

- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi – 72 ball  (18 ball) bilan ijobiy natijaga erishdi.

Shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ  (48 ball) o‘tgan yili ijobiy natija (2023 yilda – 60 ball) qayd etgan bo‘lsa, joriy yil “qoniqarsiz” toifadan joy oldi.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati 9 ball bilan (2023-yilda – 16 ball) ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” deb baholandi.

Eng yuqori natija “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (96 ball), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (95 ball), Markaziy bank (94 ball), Soliq qo‘mitasi, (92 ball), “O‘zbekneftgaz” va “Uzbekistan Airports” AJlari (92 ball), Raqamli texnologiyalar va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari (91 ball) tomonidan qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41704 | Инструменты