Huawei 1
Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritgan AYOQSHga nisbatan chora ko’rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni hamkorligida Qarshi tumanida joylashgan “N.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQSH yonilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddati o‘tganligi aniqlandi.

Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQSHga realizatsiya qilingan Ai-80 markali avtobenzin miqdorining 50 foizi (7,2 mln so‘m) miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты