Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan, pulli tibbiy xizmat ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, tibbiy xizmatga to‘lov qiymatini belgilashda, rentabellik ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat tannarxining 20 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
8 mayga qadar amal qilgan tartibda, tibbiy xizmatga to‘lovning eng ko‘p qiymati davolash-profilaktika muassasasi tomonidan budjet mablag‘lari hisobiga ko‘rsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi nazarda tutilgandi.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, mazkur o‘zgarish davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar uchun to‘lovlarning 4,8 karraga oshishiga olib kelishi mumkin.
Iqtisodchining tushuntirishicha, eski tartib bo‘yicha 100 ming so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan xizmat uchun 25 ming so‘m undirish mumkin bo‘lgan. Tasdiqlangan o‘zgarishlarga ko‘ra, tannarxi 100 ming so‘m bo‘lgan tibbiy xizmat uchun to‘lov 120 ming so‘mdan oshmasligi kerak bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51422 | Инструменты