Huawei 1
Davlat subsidiyalari bo‘yicha 2 ta subsidiyaning arizalar berish va ko‘rib chiqish jarayonlari elektronlashtiriladi

AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i  Dilorom Mirzajanova ishtirokidagi brifingda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berildi:

20 dan ortiq subsidiyaning to‘lov jarayonlari raqamlashtiriladi. 

Yana qo‘shimcha 1 ta davlat xizmati, yaʼni “Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish” xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, axborot tizimlarini yaratish va ayrimlarini takomillashtirish hisobiga quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:

—  respublika hududidagi mavjud ichki yo‘llarni saqlash, taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish uchun moliyalashtirish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilishi;

—  qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda byudjetdan subsidiyalarni ajratishda inson omilini kamayshtirish, jarayonlar shaffofligini taʼminlash hamda ajratish bo‘yicha murojaatlarni tez va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlash, shuningdek, ajratilayotgan mablag‘lar va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha manzilli monitoring qilish imkoniyati yaratilishi;

—  davlat byudjetidan taʼlim, yoshlar bandlini taʼminlash, savdoni rivojlantirish va eksport sohalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan subsidiyalarning to‘lov jarayonlari 4-6 soatdan 20-30 daqiqaga qisqartirilishi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31904 | Инструменты