Bu yilning so‘nggi ish haftasi davomida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kechasi va ertalab 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Kunduzi havo 5-10 daraja iliqqacha, janubda 12-15 daraja iliqqacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida 2-7 daraja iliqqacha isiydi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuqdan 0-1 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduzi harorat asosan 6-9 daraja iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты