Misr hukumati tomonidan O'zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi partiyasi Toshkentga yetkazildi.
Mazkur partiya "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi tomonidan Sharm-al-Shayxdan Toshkentga olib kelindi.
Misr hukumati yordamining 27-partiyasi umumiy 30 dona qutidan iborat bo'lib, ular 7200 dona "Sofosbuvir-400mg"dori vositalarini o'z ichiga oladi.
O'zbekistonda gepatit "C"ni 2030-yilga qadar bartaraf etish bo'yicha milliy dastur ijrosi doirasida dori vositalari Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Misr hukumati tomonidan umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollari bo'lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) "C" gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir" hamda "V" gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarini beg'araz yordam sifatida O'zbekistonga berilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan.
Hozirga qadar vazni 13.4 tonna, umumiy qiymati esa 1461 ming AQSH dollariga teng bo'lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты