22-dekabr kui Serbiya poytaxti Belgrad markazida o‘n minglab odamlar Prezident Aleksandr Vuchich va uning Serbiya progressiv partiyasiga (SNS) qarshi norozilik bildirish uchun yig‘ildi.
Ma’lum qilinishicha, aholi hukumatni o‘tgan oy 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan temiryo‘l vokzalining tomi qulashida aybdor sifatida ko‘rmoqda.
Muxolifat yetakchilari va jamoatchilik avariya hukumatdagi korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik sabab bo‘lgan sifatsiz qurilish oqibatida yuzaga kelganini aytib, bir necha bor ko‘chaga chiqqan.
“Hukmron koalitsiya ayblovlarni rad etdi va Vuchich aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, namoyishchilar “Vuchich, o‘g‘ri!”, “Qo‘llaringda qon”, degan yozuvlarni ko‘tarib, shahar bo‘ylab harakat qilgan.
“Biz bu yerga 2012 yildan beri (Vuchichning partiyasi hokimiyatga kelganidan) beri sodir bo‘layotgan hamma narsani to‘xtating, deyish uchun keldik. Korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikka chek qo‘yilishini istaymiz”, degan namoyishchilardan biri.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты