Huawei 1
Davlat xaridlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda

Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga davlat xaridlari tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunda ikki bosqichli davlat xaridlari, kichik qiymatdagi xarid uchun soddalashtirilgan tartib, markazlashgan davlat xaridlari va hadli kelishuv kabi yangi mexanizmlar joriy qilinishi nazarda tutilgan.

Davlat xaridlarida “barqarorlik” prinsipi bilan to‘ldirilib, davlat buyurtmachilari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy taʼsirlarni hisobga olgan holda barqaror davlat xaridlarini amalga oshirishi nazarda tutilmoqda.

Davlat buyurtmachisi, shu jumladan byudjet buyurtmachisi, zaruratga ko‘ra, eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari bo‘yicha 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun bilan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida elektron do‘kon hamda auksion savdolarida zaxira g‘olibi bo‘lish mumkinligi, agar g‘olib tomonidan shartnoma tuzish rad etilgan hollarda ularga shartnoma tuzish taklifi berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asoslari qonunda aniq ko‘rsatilmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari tizimini takomillashtirish orqali ochiqlik va shaffoflik taʼminlanishiga, sohada raqobat muhitining yana-da kuchaytirilishiga, davlat buyurtmachilari uchun qulay imkoniyatlar yaratilishiga hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng qonun maʼqullandi. Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunda ikki bosqichli davlat xaridlari, kichik qiymatdagi xarid uchun soddalashtirilgan tartib, markazlashgan davlat xaridlari va hadli kelishuv kabi yangi mexanizmlar joriy qilinishi nazarda tutilgan.

Davlat xaridlarida “barqarorlik” prinsipi bilan to‘ldirilib, davlat buyurtmachilari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy taʼsirlarni hisobga olgan holda barqaror davlat xaridlarini amalga oshirishi nazarda tutilmoqda.

Davlat buyurtmachisi, shu jumladan byudjet buyurtmachisi, zaruratga ko‘ra, eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari bo‘yicha 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun bilan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida elektron do‘kon hamda auksion savdolarida zaxira g‘olibi bo‘lish mumkinligi, agar g‘olib tomonidan shartnoma tuzish rad etilgan hollarda ularga shartnoma tuzish taklifi berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asoslari qonunda aniq ko‘rsatilmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari tizimini takomillashtirish orqali ochiqlik va shaffoflik taʼminlanishiga, sohada raqobat muhitining yana-da kuchaytirilishiga, davlat buyurtmachilari uchun qulay imkoniyatlar yaratilishiga hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng qonun maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92113 | Инструменты