Bosh prokuratura tomonidan Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti hududida o‘simliklar dunyosi muhofazasi va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish ahvoli o‘rganildi.
O‘rganishda Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (“Dendropark”) yer maydonlari mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 198 (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122100 | Инструменты