Huawei 1
Deputatlar Senat qaytargan qonun loyihasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga yubormoqchi

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan va 2022-yil 4-avgustda Senat tomonidan rad etilgan "O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqishdan olib tashlab, Vazirlar Mahkamasiga yuborish haqidagi masalani deputatlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamadi, deya xabar bermoqda deputat Rasul Kusherbayev.

Deputatlar Senat rad etgan ushbu qonun loyihasi jamiyat uchun muhim va amaliyotda odamlarni ortiqcha sarson bo‘lishini oldini oladi, deb hisoblashmoqda.

Bir qator deputatlar vakolatdan foydalanib qonun loyihasini qayta qabul qilib to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga imzoga yuborish zarurligini bildirishmoqda. Shu kungacha deputatlar bu vakolatdan foydalanishmagan.

Qonun loyihasida quyidagi ttakliflar mavjud:

- FHDYO organi tomonidan nikoh tuzishga bir oyda ruxsat beruvchi qoidani chiqarib tashlash;

- 50 yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar yoki o‘rtada bolasi bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar uchun, shuningdek, homilador ayol va uning tug‘ilajak bolasini o‘z bolasi deb tan oluvchi shaxs uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish ixtiyoriy ekanligini belgilash ko‘zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qonunchilik palatasi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51123 | Инструменты