Qonunchilik palatasi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi
Bugun, 26-iyul kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlanishicha, qonun loyihasi 5 ta bob, 32 ta moddadan iborat. Mazkur hujjat bilan manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi bilan davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aksiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi a’zosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanishi, davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda vakolatli organlar, ya’ni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar bo‘linmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilanmoqda.
Qonun loyihasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha asosiy prinsiplar, davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha cheklovlar o‘z aksini topmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51305 | Инструменты