Huawei 1
Dili.me nomi bilan tanilgan vaynerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dili.me nomi bilan tanilgan vayner Dilshod Nazarov va uning sheriklari bezorilik sodir etganlikda gumonlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 23-yanvar kuni u sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan, tergovga kelishdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O‘.D. 10-mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

Ayni paytda Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21308 | Инструменты