Huawei 1
“Dok-1 Maks” dori vositasini iste’mol qilish oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan

Oliy sud “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar sudining ish yurituviga S. R. P. (erkak, 1972-yilda Hindiston Respublikasida tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ direktori), S. K. (erkak, 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, bir vaqtda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan) va boshqalarga (jami 21 kishi: “Quramax Medikal” MCHJ va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK mas’ul xodimlari) oid jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, uni ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni joriy yilning 11-avgust kuni soat 10:00 da boshlanishi belgilandi.

Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111706 | Инструменты