Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Qarshi shahri qariyb ikki baravar kengaytiriladi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Qarshi shahrining yangi bosh rejasiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati markazi so‘nggi 18 yil ichida Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga qarab 7 767 gektarga, ya’ni qariyb ikki baravar kengayadi.
O‘zbekistonda yuridik shaxslarga kommunal to‘lovlarni mobil ilovalar orqali onlayn to‘lashga ruxsat beriladi
Endilikda yuridik shaxslar mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
20-30-mart kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi
2025-yil 20-30-mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan Turizm qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari o‘tkaziladi.
"Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering, shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang" - Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish haqida
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish bosqichi doirasida fuqarolarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlanish holatlari keng tarqalib, turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi izoh berdi.
Bojxona postidagi ehtiyot qismlari aslida butun samosval bo‘lib chiqdi
Toshkent shahridagi “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan keltirilgan 11 turdagi avto ehtiyot qismlari aslida bir butun holdagi tovar - o‘zi ag‘daruvchi (samosval) tayyor yuk avtotransport vositasi ekanligi fosh bo‘ldi.
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatladi
Bugun ertalab oltin narxi 2 990 dollarga chiqdi va yangi rekord qayd etildi. O‘zbekistonda ham quymalar narxi rekord darajada qimmatladi — 1 gr uchun 1 272 000 so‘m.
2025-yilda xotin-qizlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ravishda 200 mln AQSH dollari yo‘naltiriladi
Qarorga ko'ra, tijorat banklari "Mahalla loyihasi" dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 mln AQSH dollari ham jalb qilishlari kerak.
Bir yilda O'zbekiston havo transportida 14,4 ming tonna yuk tashilgan
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi eng yuqori bo‘lib, 1,4 mlrd tonna yuk tashilgan.
Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31516 | Инструменты