Huawei 1
Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Dubaydagi "Al Rashid" shifoxonasida  qiyin ahvolga tushib qolgan va konsullik-huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan yurtdoshimiz O.K. Vatanga qaytarildi.

Bosh konsulxonasi ma’lumotga ko‘ra, vatandoshimiz sog‘ligida kuzatilgan muammolardan shikoyat qilib, "Al Rashid" shifoxonasiga yotqizilgan. Muolaja davomida u 17 ming 835 AQSH dollari va BAA hududida uzrli sabab bilan bo‘lsada noqonuniy  qolgani uchun 4 ming 550 AQSH dollari miqdorida qarz bo‘lgan. Shu sababli O.K.ga mazkur shifoxona va BAAni tark etish uchun tahqiq qo‘yilgan.

Vujudga kelgan muammoni yaqindan o‘rganish va bartaraf etish maqsadida diplomatlar "Al Rashid" shifoxonasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan muzokara olib bordi. Muzokaralar natijasida BAA tomoni hamyurtimizning barcha qarzlaridan voz kechdi va  O‘zbekistonga qaytishiga izn berdi.

Bosh konsulxona va Amirliklardagi "Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi" xayriya tashkiloti tomonidan O.K.ga  "Dubay - Toshkent" aviaqatnoviga chipta sotib olindi va u 15-noyabr kuni sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112423 | Инструменты