Huawei 1
Pentagon AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor eslatdi

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin va isroillik hamkasbi Isroil Kats bilan telefon orqali muloqot qildi. Pentagon rahbari AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar sharoitni eslatdi.

“Lloyd Ostin mintaqaviy tahdidlarni ko‘rib chiqish, Isroilning joriy operatsiyalarini muhokama qilish va Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash uchun Isroil Kats bilan suhbatlashdi”, deyiladi Pentagon veb-saytida.

Ostin, shuningdek, Livan qurolli hamda tinchlikparvar kuchlari xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidlagan. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Livandagi “Hizbulloh”ga qarshi urushni diplomatik yo‘llar bilan tugatishni to‘g‘ri deb hisoblaydi.

AQSH mudofaa vaziri HAMAS harakati bilan janglar davom etayotgan G‘azodagi gumanitar sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112500 | Инструменты