Huawei 1
Putin urush qatnashchilariga qarzlarni to‘lash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

2024 yil 1 dekabrdan Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzadigan Ukrainadagi urush qatnashchilariga muddati o‘tgan qarzlar to‘lab beriladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimr Putin kecha, 23 noyabr kuni tegishli qonunni imzoladi.

Yangi qonun urushga safarbar qilinganlar, Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilgan va 2024 yil 1 dekabrgacha bir yil yoki undan ko‘proq muddatga shartnoma tuzgan harbiylarga tegishli.

Unga ko‘ra, qarz o‘n million rubldan oshmasligi kerak. Aks holda, ijro ishi to‘xtatiladi. Agar qarzdor vafot etgan bo‘lsa yoki sud uni nogiron deb topgan bo‘lsa, u holda ham qarzlar to‘lab berilmaydi.

Qonunda, shuningdek, askarlar va ularning oila a’zolari uchun kredit ta’tili ham uzaytirilishi nazarda tutilgan. Muddati o‘tgan qarzni qaytarish bo‘yicha ijro protsessini qayta tiklash muddati ham 180 kunga uzaytirilgan.

Shuningdek, endi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzuvchilar 65 yoshga to‘lgunga qadar armiya safidan chiqib ketolmasligi ham belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112500 | Инструменты