So'nggi ikki yilda 50 dan ortiq misrlik yoshlar O'zbekistonning turizm, texnika, axborot-texnologiyalari yo'nalishlariga ixtisoslashgan universitetlariga o'qishga qabul qilindi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan oliy ta'lim muassacalarining nufuzini va jahon miqyosida jozibadorligini oshirish bo'yicha sa'y-harakatlar natijasida ko'p sonli xorijiy talabalarning o'qish maqsadida murojaatlari soni oshib bormoqda.
Shu jumladan, O'zbekiston va Misr o'rtasida ikki tomonlama aloqalarning barcha yo'nalishlarda, xususan ta'lim sohasida ham tez sur'atlarda rivojlanib borayotgani natijasida misrlik talabalarning ham mamlakatimizda mavjud imkoniyatlardan xabardorligi oshmoqda.
Ushbu yo'nalishda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo'yicha barcha sa'y-harakatlar ishga solinyapti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112500 | Инструменты