Huawei 1
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi

Filippin poytaxti Manilada 24 noyabr tongidan beri davom etayotgan yong‘in tufayli mingga yaqin uy yonib kul bo‘ldi.

Manila o‘t o‘chirish xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in Isla-Putting-Bato tumanidagi uylardan birining ikkinchi qavatida boshlangan va ko‘p o‘tmay boshqa xonadonlarga ham tarqalgan. Yong‘in qamrab olgan hududda 2 mingga yaqin oila istiqomat qiladi.

«Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishga 36 ta yuk mashinasi, 4 ta o‘t o‘chirish kateri, mamlakat Harbiy-havo kuchlarining ikkita vertolyoti jalb etilgan.

«Mazkur hududdagi uylar oson yonuvchan materiallardan qurilgani bois yong‘inga bardoshsiz hisoblanadi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112501 | Инструменты