Amerika sehrli diyor va bugun u ko‘pchilikni o‘ziga jalb etayotgani hech kimga sir emas. Lekin, okean orti davlatiga borishni hohlovchilarga noqonuniy yo‘llar bilan manziliga yetkazib qo‘yishni taklif qilayotgan firibgarlar ham uchrab turibdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ana shunday firibgarlar qo‘lga olindi.
Xususan, Samarqand shahrida yashovchi, 1994-yilda tug'ilgan shaxs aldov yo‘li bilan Urgut tumanida yashovchi, 24 yoshli fuqaro bilan tanishib, uning ishonchiga kirishga erishadi.
So'ng uni “O‘zbekiston-Ispaniya-Meksika-AQSH” yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 25 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.Boshqa bir holatda esa Samarqand tumanida yashovchi, 35 yoshli shaxs Samarqand shahrida yashovchi 51 yoshli fuqaroni “O‘zbekiston-Turkiya-Birlashgan Arab Amirliklari-Meksika-AQSH” yo‘nalishi orqali Amerikaga yuborishga ishontirgan. Buning uchun u 30 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты