Endi ko'p kvartirali uydagi kvartira kadastr pasporti 3 ish kunigacha bo'lgan muddatda tayyorlanadi

Bugun AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva dolzarb savollarga javob berdi.

Ko'chmas mulkimga kadastr pasportini olmoqchi edim. Yaqinda kadastr pasportini berish bo'yicha yangi tartib joriy etildi deb eshitdim. Bu bo'yicha qayerga murojaat qilsam bo'ladi va kadastr pasporti necha kunda tayyor bo'ladi?

Joriy yilning 2 sentyabr kuni “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.  
Qaror bilan Ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tadi.
Kadastr pasportini tayyorlash kuchmas mulkni turar joyga oid qismi bo'yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- ko'p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
- yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты