Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga muvofiq, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi ("YMMT" IDAK) orqali elektron tartibda tuziladi.
Mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.
Imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim oʻzining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
Mehnat shartnomalarining elektron rasmiylashtirilishi natijasida:
- ish beruvchilarga qulaylik yaratiladi;
- jarayon soddalashadi va norasmiy bandlik kamaytiriladi;
- mehnat shartnomalarining qonuniyligini nazorat qilish imkoni mavjud boʻladi va xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldi olinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты