O'zbekistonda milliy za'faronchilik rivojlangani sari uning eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda. Endilikda dunyodagi eng ko'p aholiga ega davlatlardan biri Xitoy ham O'zbekistonda yetishtirilgan o'zbek za'faroni uchun o'z eshiklarini ochdi.
Bir necha yillik chuqur va tahliliy tekshiruvlardan keyin O'zbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga ko'ra za'faron tegishli ruxsatnomaga ega bo'ldi.
BMB Za'faron mahsuloti joriy yil boshida mintaqamizda birinchi bor o'zbek za'faronining Amerika bozorlariga kirishiga imkon beruvchi USDA Organic (AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik sertifikat) sertifikatiga ega bo'lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122319 | Инструменты