Energetika vazirligida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu haqda maʼlum qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura, tegishli vazirlik va idoralar hamda viloyat hokimliklari masʼullari ishtirok etgan ushbu tadbirda yoqilg‘i-energetika sohasi obyektlarining qish mavsumida barqaror ishlashi, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash muhim masalalardan ekani qayd etildi.
Aynan shu talablardan kelib chiqib, mazkur tadbirda elektr energiyasi va tabiiy gazdan samarali hamda oqilona foydalanish bo‘yicha joylarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlarining holati ham tahlil qilindi.
Unda so‘z olganlar qish mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari (sog‘liqni saqlash, maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim muassasalari) hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash birinchi darajali vazifa ekanini taʼkidladi. Shuningdek, korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Barcha masʼullarga ishlab chiqarish va yetkazib berish obyektlarining ishonchli faoliyatini taʼminlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish ishlarini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.
Vazirlik va tizim korxonalari tomonidan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun kunu tun navbatchilik joriy etilgani, avariyalarning oldini olish va bartaraf etish uchun maxsus brigadalar tashkil qilingani maʼlum qilindi. Ushbu brigadalar zarur texnikalar, materiallar va himoya vositalari bilan taʼminlangan.
Shuningdek, yig‘ilishda barcha obyektlarda 24/7 ish rejimiga o‘tilgani va ishchi guruhlar tomonidan ishlar doimiy nazorat qilinayotgani qayd etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112613 | Инструменты