Eron havo hududi yopilgani sababli bir qator aviareyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi.
Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q7742 reysi (Madina – Toshkent yo‘nalishi) Madina aeroportiga qaytdi;
Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q4442 reysi (Madina – Farg‘ona yo‘nalishi) ham Madina aeroportiga qaytib keldi;
Jazeera Airways aviakompaniyasining J9650 reysi (Toshkent – Quvayt yo‘nalishi), Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 02:01 da uchib chiqqan bo‘lsa-da, yana Toshkent aeroportiga qaytdi;
Sam Air aviakompaniyasining 9S3303 reysi (Samarqand – Jidda yo‘nalishi), Samarqanddan mahalliy vaqt bilan 02:04 da havoga ko‘tarilib, Samarqand aeroportiga qaytib keldi;
Fly Khiva aviakompaniyasining 2U7911 reysi (Urganch – Madina yo‘nalishi), Urganchdan mahalliy vaqt bilan 02:17 da uchib chiqib, yana Urganch aeroportiga qaytdi;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY336 reysi (Jidda – Toshkent yo‘nalishi) ham Eron havo hududi yopilgani sababli Jidda aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты