Ertadan Toshkent shahridagi barcha buyum bozorlari va savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to'xtatiladi
24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat'iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to'xtatiladi.
Faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do'konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to'xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.
Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya'ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug'ullanadi. Bu yo'nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.
Eslatib o'tamiz karantin talablarini buzganlik uchun qonunda belgilangan choralar ko'riladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112605 | Инструменты