Hukumat qarori bilan “Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko'ra, nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- ishlab chiqarilgan iste'mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini hisobga olish;
- iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va ulgurji sotish hisobini yuritish;
- iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish.
Mazkur nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
- iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi O'zbekiston rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslarga;
- iste'mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari uchun texnik reglamentda nazarda tutilgan mahsulotlarga.
Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste'mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar (korxonalar) ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni amalga oshirishlari shart.
Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining hisobini yuritish mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan asosiy xomashyolar kirimidan boshlab, tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga joylashtirish va realizatsiya qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13023 | Инструменты