Yolqin To‘ychiyevning "Evrilish" filmi XXVII Busan xalqaro kinofestivalining (27th BUSAN International Film Festival) "KIM Jiseok Award" nominasiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, "Evrilish" filmi Afg‘oniston urushi haqida. Unda Gʻarb qarashlari bo‘yicha yoritilgan xalqaro voqeliklar o‘zgacha rakursda ko‘rsatib berilgan.
Asar qahramoni Rustam – Afg‘oniston urushiga chaqirilgan o‘zbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri o‘rtasidagi munosabatga alohida e’tibor beradi.
Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi o‘zgarishlar hikoya qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31322 | Инструменты