Farg‘ona kanalida 32 yoshli erkakning jasadi oqib keldi

Farg‘onada kanalida odam murdasi oqib kelayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

Joriy yil 25-iyun soat 16:29 atrofida Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Qatag‘on MFYda yashovchi fuqaro J.B.ni bergan xabariga ko‘ra Qatag‘on qishlog‘ida yashagan 1991- yilda tug‘ilgan T.O‘. Samandarak xududidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushub qaytib chiqmaganligi xaqida xabar bergan. 

Shu yilning 28-iyun kuni O‘.T.ning murdasi tan jarohatlarisiz O‘zbekiston tumani Zinasha maxallasidan oqib o‘tgan katta farg‘ona kanalidan topilgan. Murdani Bag‘dod tumani Qatag‘on qishlog‘ida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan akasi T.I. tanib olgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Bag‘dod tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70600 | Инструменты