Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.
Bu boradagi ishlar respublika aholisining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Ushbu rejalarni amalga oshirish maqsadida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida benzin va suyultirilgan uglevodorod gazi hajmlarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar tashkil etildi.
Xususan, uglevodorod xomashyosini birlamchi qayta ishlashni o‘rnatishdan avval ushbu xomashyoning kerakli tarkibini tanlab, zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yuklashning optimal sxemasi aniqlandi.
Shu bilan birga, Aspen Unified PIMS dasturiy yechimi asosida FNQIZda ishga tushirilgan optimallashtirilgan rejalashtirish modeli imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish va muammolarni tezkor hal etish uchun FNPZ buyrug‘i bilan korxona va ishlab chiqarish sexlari rahbarlaridan iborat tezkor shtab tuzildi.
Mavzuga doir:
Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYoQShga benzin yetkazib berish to‘xtatildi
Benzin narxini sun'iy oshirayotgan AYoQShlarga chora ko'riladi — Antimonopoliya qo'mitasi
Alpha version: 0.9.1.19 build 122521 | Инструменты