Huawei 1
Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi, IIB va “Hududgaz Farg‘ona” gaz taʼminoti filiali xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.I. va boshqalar “T.B.” MCHJ binosini MCHJ rahbari bilan og‘zaki kelishuvga asosan ijaraga olib, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111513 | Инструменты