Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona viloyatida fuqaro boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 750 mln so‘mlik 30 dona “Iphone 16 ProMax” va 10 dona “Iphone 15 Pro” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112817 | Инструменты