Huawei 1
Kipr hukumati 77 nafar xorijlikning “oltin pasporti”ni bekor qildi

Rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska, Aleksey Kuzmichev, Mixail Gutseriyev va Vadim Moshkovich, Probusinessbank bankining sobiq egasi Aleksandr Jeleznyak Kipr fuqaroligidan mahrum qilindi, deya xabar berdi “Agentstvo”.

Ro‘yxatga, shuningdek, bir nechta ukrainaliklar ham kiritilgan. Masalan, firibgarlik va pul yuvishda ayblanib, Kiyevdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan milliarder Igor Kolomoyskiy, shuningdek, UkrLandFarming kompaniyasi egasi Oleg Baxmatyuk shular jumlasidandir.

Kiprning Politis nashriga ko‘ra, xorijliklar ro‘yxati taxminan bir oy avval tayyorlangan. Nafaqat investorlarning o‘zlari, balki ularni oila aʼzolarining ham pasportlari bekor qilinadi.

Kipr rasmiylari bu harakatni uchta sababga ko‘ra amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Fuqarolik uchun ariza berishda noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi maʼlumotlar berish, ariza beruvchining jinoiy tarixi va fuqarolikka qabul qilish shartlariga rioya qilmaslik kabilar shular jumlasidandir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112819 | Инструменты