O'zbekiston elchixonasi ko'magida Varshava shahridagi Polsha tarixi muzeyida XI Anna German qo'shiqlari xalqaro festivali o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Festival "Polsha Ayollar ligasi" uyushmasi tomonidan har yili tashkil etiladi. Uyushma raisi Aldona Mixalyak o'z nutqida xonandaning Urganch shahridagi hayoti, shuningdek, uning ona yurti bo'lgan O'zbekiston haqida so'zladi.
Tadbirda O'zbekistondan xonandalar Jasmina Qayumova va Navro'za Mahamadjonova Anna German repertuaridan qo'shiqlar ijro etishdi. Tomoshabinlar o'zbekistonlik ijrochilarning chiqishlarini, shuningdek, O'zbekiston, uning boy tarixi va madaniy merosi haqidagi ma'lumotlarni, o'zbek xalqi qalbida saqlangan Anna German xotirasini samimiyat bilan qarshilashdi.
Tanlov yakuniga ko'ra, Jasmina Qayumova birinchi, Navro'za Mahamadjonova esa ikkinchi o'rinni egalladi.
Ishtirokchilar va tomoshabinlar o'rtasida O'zbekistonning tarixiy hamda madaniy diqqatga sazovor joylari haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan materiallar tarqatildi.
Ta'kidlash kerakki, tadbir Polshaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida, jumladan "Polsatnews" va "TVP" yangiliklar kanallari orqali keng yoritildi.
Eslatib o'tamiz, xuddi shunday festival 2024-yilning 21-sentabr kuni Toshkent va 24-sentabr kuni Urganch shaharlarida o'tkazilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112817 | Инструменты