Huawei 1
Surxondaryoda 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, gaz ta’minoti korxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sariosiyo tumanida “Aeroport” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. xonadonida faoliyat yuritayotgan "sauna" hududdagi oʻrta bosimli gaz quvuriga hisoblagichsiz oʻgʻrincha ulanib, gazsoʻrgʻich uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112817 | Инструменты