Qashqadaryoda sevgan yigitini pichoqlagan qizga sud hukmi o‘qildi.Maʼlum qilinishicha, qiz va yigit o‘rtasida ishqiy munosabatlar 2019 yildan beri davom etib kelgan. Ikki sevishgan joriy yilning 23 may kuni soat 19:30 atrofida yigitning avtomashinasida uchrashgan.
Uchrashuvda yigit qizga uylana olmasligini, boshqa qizga uylanayotganini, agar ota-onasi rozi bo‘lsa keyinchalik uni 2-xotin qilib olishini aytadi. Shu paytda yigit uyali telefonidan uylanayotgan qizini fotosuratini ko‘rsatadi. Qiz bundan g‘azablanib, mashinada bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan jahl ustida yigitga 4 marotaba sanchib oladi.
Yigit olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi qiz JKning 104-moddasi 2-qismi “l” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, JKning 57-moddasini qo‘llab, unga nisbatan 3 yil 11 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112817 | Инструменты