Joriy yilning 21-fevral kuni Farg‘ona shahar Oftob ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinlari klubida yetti nafar tanishlar o‘zaro baqir-chaqir qilib kompyuter o‘ynashganligi uchun klub ish boshqaruvchisi F. X. tomonidan ularga eʼtiroz bildirilgan.
Natijada o‘zaro kelishmovchilik sababli fuqaro O. V. uning yuz qismiga urib yuborgan va janjalga uning sheriklari ham qo‘shilishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar O.Vallomov, M.Qodirov hamda N.Mahmudjonovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shunigdek, ularning yana uch nafar sheriklariga nisbatan maʼmuriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent shahrida janjal vaqtida haydovchi mashinasini odamlar ustiga haydagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22514 | Инструменты